Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegişli topşiriğidan söng, Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov bu masala böyiça tanqidiy yiğiliş ötkazdi. Bu haqda uning örinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Yiğilişda barça maktab darsliklarini kompleks tekşiruvdan ötkaziş, ulardagi xato va kamçiliklarni aniqlaş, sifatini yaxşilaş böyiça Prezident administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim inspeksiyasi va yana bir qator taşkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan.

Hisob palatasi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va Xalq ta’limi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlaş, naşr etiş, tannarx va tarqatiş tizimini tanqidiy körib çiqiş, davlat buyurtmasi bajarilişining şaffof va samarali tizimini joriy etiş vazifasi belgilangan.

Kun.uz'dagi ma’lumotga köra, yiğilişda darsliklar buyurtmasida korrupsion sxemalarga yöl qöymaslik zarurligi ta’kidlab ötilgan. Ayni paytda tahririyat bu yönalişdagi öz suriştiruvini olib bormoqda.