Ukraina dronlari birinçi marta Rossiyaning Komi Respublikasiga hujum qildi. Undan çegaragaça taxminan ikki ming kilometr. Uxta şahrida dronlar hujumi xavfi e’lon qilindi.

Telegram kanallariga köra, dronlar mahalliy neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgan. «Den» axborot dasturida şunday deyiladi: «NQIZ hududida dron qulab tuşdi. <...> Neftni qayta işlaş zavodida yonğin yuz bermadi».

Uxtada «Yarmarka» savdo markazi, şuningdek, yaqin atrofdagi neftni qayta işlaş zavodi evakuatsiya qilingan.

Ukrainaning Supernova+ telegram-kanali Uxtada joylaşgan «Lukoyl-Uxtaneftepererabotka» neftni qayta işlaş zavodi hujumga uçraganini da’vo qilmoqda.

Bundan taşqari, Uxta aholisi mobil internet işida uzilişlar bölganini aytmoqda. Aloqa bilan boğliq muammolardan Siktivkar aholisi ham şikoyat qilgan. Uxta aeroportida samolyotlarni qabul qiliş va uçiriş böyiça vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi, dedi Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako.

Viloyat rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Rostislav Goldşteyn sözlariga köra, dronlar qulaşi oqibatida jabrlanganlar yöq.

Komi Respublikasi keng kölamli uruş boşlanganidan beri birinçi marta Ukraina dronlari tomonidan hujumga uçradi. Undan Ukraina çegarasigaça bölgan masofa taxminan 2 ming kilometrni taşkil etadi.