“Voqea 6 sentabr kuni, qizaloq maktabdan uyiga qaytayotgan paytda sodir bölgan. Qizning kelayotganini körgan aka-ukalar uni boğga majburan tortib olib kirgan va qöllarini boğlagan holda nomusiga tekkan”, – dedi şaxsi sir qolişi şarti bilan gapirgan manba.
Ma’lum bölişiça, aka-ukalarning biri 8-, yana biri 4-sinfda öqiydi, uka – jabrlanuvçi qizning sinfdoşi.
“Qizçaning otasi çöpon. Iymonli va insofli odam. Ammo qonun-qoidani yaxşi bilmaydi. Hozir uyidan çiqolmay qolgan. Nima qilişni ham bilmayapti.
Bugun tuman hokimi va prokurori maktabga borib yiğiliş ötkazgan. Ammo eşitişim böyiça, yiğilişda voqeani şov-şuv qilmay yopib yuboriş kerakligi haqida gap borgan. Voqeani tumanimiz uçun şarmandalik deya, boşqalar ham jim yurişga çaqirilgan.
Qiz ham keça joylaştirilgan kasalxonadan bugun çiqarib yuborilganmiş”, – dedi suhbatdoş.
Manbaning qöşimça qilişiça, aka-ukalarning ota-onasi işni yengillatiş uçun voqeada 8-sinf öğli qatnaşganini yaşirişga urinmoqda. Ota-ona buning örniga “voqeani törtinçi va uçinçi sinfda öqiydigan farzandlari sodir qilgani” haqida körsatma berişgan.
“Şunday qilsa, katta öğli javobgarlikdan qutulib qolarkan. Kiçik farzandlari esa javobgarlikka tortiş yoşiga yetmagan. Organ xodimlari ham buni bilib, bilmaganga olayotgan bölişi mumkin. Özingiz öylang, törtinçi va uçinçi sinfda öquvçi bolalar qanday qilib bu işni qilişi mumkin?!” – deydi u.
Sayt muxbiri holatga aniqlik kiritiş maqsadida Sariosiyo tuman prokurori Nodir Azizov bilan telefon orqali boğlandi.
Voqea haqida gapirarkan, Azizov haqiqatdan ham tumandagi maktablardan birida (qaysi maktabligi tahririyatga ma’lum) 4-sinf qizning nomusiga tegiş holati sodir bölganini tasdiqladi.
“Qizaloqning ota-onasi içki işlar bölimiga keça (7 sentabr – tahr.) murojaat qilgan. Hozir tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Agar Surxondaryoga kelsangiz, iş böyiça batafsil ma’lumot berişim mumkin”, – dedi prokuror. Ammo u voqeada 8-sinf öquvçisi qatnaşganini inkor qildi.
“Yöq, bola törtinçi sinf. Qiz va uning nomusiga tekkan bola sinfdoş”







