ISHONCH dökonlar tarmoği “Hayotni hozirdan boşlang” şiori ostida öz rebrendingini amalga oşirdi. Tadbirda kompaniyaning yangi brend platformasi taqdim etildi.

12 yildan beri yirik maişiy texnika, elektronika va uy jihozlari yetkazib berişda öz uslubini yarata olgan ISHONCH dökonlar tarmoği aholi turmuş tarzini yaxşilaşga öz hissasini qöşmoqda. 2010 yilda Farğona viloyatida ilk dökonini oçgan kompaniya hozirda respublika böylab 60ga yaqin filiallarga ega. Bu filiallarda 3000dan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi.

“ISHONCH zamonaviy sotiş usuli böyiça yangi loyihalarini taqdim etmoqda. Bu yönalişda izlanişlar olib borilmasa iste’molçilar bilan aloqalar uziladi. Şuning uçun yangi kommunikatsion yöllar qidiriş kerak. ISHONCH dökonlar tarmoği bu yönalişda ilğor kompaniyalardan biri”, - deydi Özbekiston marketing uyuşmasi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Ishonch dökonlar tarmoği marketing kommunikatsiyalari bölimi boşliği Alişer Boyqöziyev mazkur rebrending Rossiyaning yetakçi “Depot” brending agentligi bilan birgalikda amalga oşirilganini aytdi:

“Brend platformamizni yangilaş işlari ustida bir yildan ortiq vaqt davomida işladik. Turli tadqiqotlar asosida yangilangan brendimiz bugun taqdim etiladi. Yangi brend platformamizni TRUZBEK deb nomladik. Bu biror millat yoki joy, xalqqa tegişli emas. Bu sözning ma’nosi hozirdan yaxşi yaşaşni xohlaydigan zamonaviy insonni bildiradi”.

ISHONCH dökonlar tarmoğining asosiy ustunligi muddatli tölov asosida barça mahsulotlarni 3 oydan 12 oygaça bölgan muddatga xarid qiliş imkoniyatining berilişidir. Dökonlarda 7000 dan ortiq mahsulot turlari mavjud bölib, ularning orasida yirik va kiçik maişiy texnikalar, smartfonlar, planşetlar, noutbuklar, ofis va uy uçun texnikalar, barça turdagi mebel jihozlari, sport anjomlari, musiqiy asboblar, avtomobil ehtiyot qismlari, bolalar uçun mahsulotlari va yana köplab boşqa turdagi mahsulotlarni topiş mumkin.