Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ŞHT mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi tabiiy ofat keng kölamli salbiy oqibatlarini bartaraf etiş uçun uşbu mamlakatga imkon boriça gumanitar yordam körsatişga çaqirdi.
Pokistonda musson yomğirlari keltirib çiqargan favqulodda dahşatli toşqinlar mamlakatga misli körilmagan iqtisodiy zarar yetkazdi.
Mamlakat hukumati musson yomğirlari natijasida yuzaga kelgan suv toşqinlari tufayli favqulodda holat rejimini joriy etdi.
Pokiston tarixidagi eng dahşatli suv toşqini Buyuk Britaniya maydoni kattaligidagi hududni qamrab oldi va 33 million kişi, ya’ni har yetti pokistonlikdan bittasi zarar kördi.














