Samarqanddagi sammitda Özbekiston prezidenti öz tarkibida siyosatçilar, jamoat arboblari, olimlar va ekspert-ekologlar, biznes vakillarini birlaştira oladigan ŞHT Iqlim kengaşini tuzişni taklif qildi.

«Barçamiz uçun hayotiy öta muhim bölgan uşbu sohada amaliy hamkorlikning yangi mexanizmlari va şakllari zarurdir», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, Afğonistonga çegaradoş bölgan Termiz şahrida – mazkur mamlakatni gumanitar qöllab-quvvatlaş böyiça maxsus fondni u yerdagi mavjud transport-logistika habining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etiş taklif qilindi.

«Şuni ta’kidlaşni istardimki, afğon xalqi yaxşi qöşniçilik yordamimizga har qaçongidan ham köproq muhtojdir. Biz ötmişdagi xatolarni takrorlamasligimiz va Afğonistonni uning muammolari bilan yolğiz qoldirmasligimiz lozim.

Sanksiyalar siyosatining kuçaytirilişi va Afğonistonning hozirgi hukumati yanada yakkalanişi muqarrar ravişda mamlakat içida radikallaşuvning kuçayişiga olib keladi va uni terrorçilik taşkilotlari uçun platsdarmga aylantiradi.

Şu bois biz Afğoniston muvaqqat hukumati tomonidan ilgari qabul qilingan, şu jumladan, ayollar va bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarişi böyiça Kobul bilan konstruktiv aloqalarni rivojlantiriş tarafdorimiz», dedi Prezident.

Fond mablağlari uşbu mamlakatdagi ijtimoiy inqirozni bartaraf etiş, yoşlar uçun ta’lim dasturlari va soğliqni saqlaş sohasidagi loyihalarni amalga oşirişga yönaltiriladi.