16 sentabr kuni ŞHTning Samarqand sammiti doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Rajab Toyyib Erdöğan Özbekiston rahbarini ŞHT sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabriklab, faxriy mehmon sifatida iştirok etiş taklifi uçun minnatdorlik bildirdi.

Uçraşuvda yetakçilar özaro hurmat, döstlik va işonçga asoslangan köp qirrali Özbekiston-Turkiya hamkorligini faollaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.

Özaro munosabatlar har tomonlama strategik şeriklik darajasiga kötarilgani asnosida siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada çuqurlaştiriş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tomonlar joriy yil 29-30 mart kunlari Toşkentda oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida özaro muloqotlar salmoqli darajada faollaşganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki mamlakat örtasidagi savdo körsatkiçlarida sezilarli ösiş kuzatilmoqda. Xususan, ötgan yilda tovar ayirboşlaş 60 foizdan oşdi.

Qöşma korxonalar soni 2 mingdan ortdi. Birgina joriy yilning ötgan davrida yarim milliard AQŞ dollariga yaqin investitsiyalar özlaştirildi.

Turkiya kompaniyalari Özbekistondagi davlat korxonalarini xususiylaştiriş jarayonida iştirok etişga katta qiziqiş bildirmoqda.

Qişloq xöjaligi, transport, elektrotexnika, töqimaçilik va çarm sanoati, innovatsiyalar, yuksak texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga kelişib olindi.

Istiqbolli yönaliş sifatida energetika tarmoği alohida qayd etildi. Keyingi yillarda tomonlar qariyb 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşirmoqda.

Uçraşuvda bölajak tadbirlar, şu jumladan Samarqandda ötkazilişi rejalaştirilgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitining rejasi körib çiqildi.

Özbekiston va Turkiya prezidentlarining uçraşuvi har doimgidek samimiy, oçiq va döstona ruhda ötdi.