Poytaxtda «Ipak yöli durdonasi» XIV Toşkent xalqaro kinofestivali tadbirlari davom etmoqda. Unda dunyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ortiq kinoijodkorlar iştirok etmoqda.

Ötayotgan har bir kun yorqin voqealarga boy. Şunday qilib, kinofestivalning uçinçi kuni 20 dan ortiq ma’ruzaçilar iştirokida 15 ga yaqin mahorat darslari, 10 dan ortiq memorandumlar imzolanişi, Butunjahon kino kunlarining oçilişi, şuningdek, «Özbekfilm» kinokonsernining eng yangi panoramali paviloni taqdimoti bilan esda qolarli böldi.

 

Hamkorlikda işlab çiqariş kinematografiya rivojida muhim rol öynaydi

 Kinofestivalning uçinçi kuni «Özbekiston kuni» ning oçiliş marosimi bilan boşlandi. Uning doirasida Hindiston, Turkiya, Tojikiston, Rossiya va Isroil bilan hamkorlikda filmlar yaratiş böyiça memorandumlar imzolandi. Şu munosabat bilan Kinematografiya agentligi pavilonining kiçik zalida xorijiy mamlakatlar vakillari öz filmlarining synopsis va tizer'larini tomoşabinlarga taqdim etdi. Uşbu qöşma loyiha jahon kinoyulduzlari tomonidan ham qöllab-quvvatlandi. Şunday qilib, Lyuk Besson va Armand Assante «Jomi va Navoiy» özbek-tojik filmini yaratişda iştirok etadi.

«Loyihada qatnaşganimdan juda xursand ekanligimning ikkita sababi bor. Birinçidan, uning ijodkorlari oldida biz ikki davlat, ikki xalq timsolini köramiz, ular bizga qanday qilib birgalikda işlaşimiz, bir-birimizni sevib, hurmat qilişimiz haqida hikoya qiladilar. Men bu taşabbusni qöllab-quvvatlayman. Va umid qilamanki, butun dunyo bu xabarni eşitadi, çunki hozirgi kunda köp mamlakatlar bir-birini eşita olişmayapti. Ikkinçidan, uruşni töxtatgan ikki buyuk şoirning hikoyasi meni öziga jalb qildi. San’at ahli bunga qodir bölişi juda ajoyib, biz barçamiz şe’rlarimiz, filmlarimiz, musiqalarimiz bilan dunyoni mustahkamlaşni orzu qilamiz,» – dedi Lyuk Besson.

Yoşlar mutaxassislardan saboq olişadi

Şuningdek şu kuni, ta’lim dasturiga ham start berildi. Uning doirasida jahon kinoyulduzlari bilan uçraşuvlar, savol-javoblar, mahorat darslari ötkazildi. Yoşlarga kino tilini şakllantirişning öziga xos jihatlari haqida sözlab berildi, rejissyor va prodyuser Timur Bekmambetov iştirokida animatsion panel ötkazildi. Kinofestival hakamlar hay’ati a’zosi Gabriyel Kelli tomonidan dramaturgiya böyiça mahorat darslari ötkazildi. BDKI, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomçilik va dizayn instituti va Özbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabalari uçun film yaratiş va uning konsepsiyasini rivojlantiriş, kino sohasida xalqaro tarğibot bilan şuğullaniş böyiça mahorat darslari esa Qozoğiston Davlat milliy kino markazi NAJ xalqaro yönalişi boşliği Asel Iris tomonidan ötkazildi: