Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi
Ummonning Asdaa Oman gazetasida O‘zbekiston turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyevning sayyohlik salohiyati va bo‘lajak turizm forumlari haqidagi maqolasi chop etildi.
Maqolada mamlakat tashqi turizmini rivojlantirish, ayni yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faol siyosat doirasida joriy yil 6-10 iyul kunlari arab davlatlarida qator yirik tadbirlar tashkil etilganiga urg‘u berilgan.
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" sayyohlik forumi alohida ta’kidlangan.
"Forumning maqsadi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, yirik xorijiy turoperatorlar, investorlar va davlat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik o‘rnatishdir", – deb yozgan qo‘mita raisi.
Forum dasturiga muvofiq nazarda tutilgan tadbirlar bir necha asosiy mavzu va yo‘nalishlarni qamrab oldi. YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar, ma’naviyat va madaniy yo‘llar, pazandalik sayohati, ekologik va tog‘li yo‘nalishlar noyob manzillarni namoyish etadi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
09:00 / 17.11.2025
O‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari Kuvayt supermarketlariga chiqmoqda
22:43 / 08.11.2025