Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy suğurta tizimini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan budjet taşkilotlaridan taşqari barça yuridik şaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz iş stajiga ega bölgan ayollarga davlat budjeti xisobidan homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölanişi tartibi tasdiqlandi. 

Unga muvofiq, davlat budjeti  hisobidan xodimning farzandi tuğilguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 barobari – 1 mln 992 ming söm miqdorida nafaqa tölab beriladi. 

Ma’lumot uçun, Özbekistonda bir kişi uçun minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming sömni taşkil qiladi.

Nafaqa tayinlaşda nafaqa oluvçiga oid ma’lumotlar avtomatik tekşiriladi:

  • Nafaqa oluvçining 6 oy davomida bir korxonada uzluksiz band bölganligi (Yagona milliy mehnat tizimi" idooralararo dasturiy-apparat kompleksida tekşiriladi);
  • mehnatga xaq tölaş tarzidagi daromadlari mavjudligi (Davlat soliq qömitasi bazasidan tekşiriladi;
  • Budjet taşkilotlarida işlaşi/işlamasligi (Moliya cazirligining "UzASBO" dasturiy majmuasi orkali avtomatik ravişda tekşiriladi).

Yuqoridagi talablarga javob beradigan ayollarga dekret puli tölab beriladi.  

Nafaqa tayinlaş uçun nafaqa oluvçi heç qayerga murojaat qilişi şart emas - jarayon proaktiv tarzda amalga oşiriladi.

Avvalroq, Moliya vazirligi departament direktori Gulnora Murodova Kun.uz bilan suhbatda xususiy sektorda band bölgan ayollarga dekret puli qanday tölab berilişi, qanday talablar qöyilişi va nafaqa oluvçi nafaqa pulini qanday olişi borasida ma’lumot bergandi.

Intervyuni bu yerda töliq öqiş mumkin.