Moliya vazirligi 2022–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qiliş milliy strategiyasi loyihasini e’lon qildi.
Loyihaga köra, Ijtimoiy suğurta jamğarmasi taşkil etilişi kutilmoqda. Jamğarma mablağlari, jumladan, homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tölaşga yönaltiriladi.
Birinçi bosqiçda, 2022 yil 1 sentabrdan boşlab budjet taşkilotlaridan taşqari barça yuridik şaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz iş stajiga ega bölgan ayollarga har oy uçun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib çiqqan holda Davlat budjeti mablağlari hisobidan homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölanadi. Bunda, işlovçi ayollarga homiladorlik va tuğiş nafaqasining uning mehnat staji va iş haqidan kelib çiqib belgilangan miqdorining qolgan qismini tölaş iş beruvçilar hisobidan amalga oşiriladi.
Ikkinçi bosqiçda, 2024 yildan boşlab xöjalik korxonalarida rasmiy işlovçi ayollarga umumiy iş staji va suğurtalangan staji hamda örtaça iş haqi miqdoridan kelib çiqib, homiladorlik va tuğiş nafaqasini tölaş va bu orqali uşbu xarajatlar iş beruvçi zimmasidan töliq olinadi.
Uçinçi bosqiçda, 2025-2030 yillarda vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, işsiz qoliş nafaqasi, işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi suğurta tölovlari amalga oşiriladi.
Ijtimoiy suğurta jamğarmasi:
- dastlabki bosqiçda davlat budjeti mablağlaridan;
- keyingi bosqiçda xodimlar tomonidan tölanadigan majburiy ijtimoiy ajratmalar, ijtimoiy soliq tuşumining bir qismi va davlat budjeti mablağlari hisobidan şakllantiriladi.
Ijtimoiy suğurta jamğarmasiga joriy yilda budjetdan 170 milliard söm ajratiladi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda norasmiy sektorda ayollar uluşi 57 foizni taşkil qiladi. Prezident huzuridagi yiğilişda buning sababi sifatida aytilgandiki, köplab iş beruvçilar homiladorlik nafaqasini tölaşda ortiqça xarajat qilmaslik uçun ayollarni rasmiy işga olmaslikka harakat qiladi.
Mas’ullarga 1 avgustga qadar “dekret” pullarini tölaş jarayonini töliq raqamlaştiriş topşirilgan.













