Uzbekistan Airports xabariga köra, parvozlar muntazam ravişda 100 öringa möljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Toşkent — Stavropol va Toşkent — Ufa yönalişlari böyiça parvozlar haftada bir marta, juma kunlari amalga oşiriladi. Çiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qöyilgan.
Red Wings — Rossiyaning eng yirik önta aviakompaniyalaridan biri bölib, doimiy va charter reyslarda yölovçi taşişga ixtisoslaşgan.
Bugungi kunda aviataşuvçi Özbekiston poytaxtidan Moskva, Yekaterinburg va Maxaçqal’aga parvozlarni amalga oşirmoqda.









