Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida 23-avgust kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.

«Toşkent-Humo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlat rahbari va rafiqasi kutib olişdi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Taşrif dasturiga muvofiq, bugun Özbekiston va Ozarboyjon yetakçilari oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengaşning uçinçi yiğilişini ötkazadilar.

Sammit davomida salmoqli hujjatlar töplamini imzolaş hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.