Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mahalliy hokimiyat vakillarining maʼlum qilişiça, 21-avgust, juma kuni Kriviy Rixdagi yirik savdo markaziga yarim soat oraliğida ikki marta dron hujumi uyuştirilgan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, zarbalar oqibatida 15 kişi halok bölgan, yana 130 kişi jarohat olgan. Yaralanganlar orasida 23 nafar bola bor. Şuningdek, 29 nafar jabrlanuvçining ahvoli oğir ekani, ularning beş nafari bolalar ekani bildirilgan.
Kriviy Rix meri Aleksandr Vilkul mahalliy vaqt bilan soat 15:39 da savdo markaziga zarba berilgani haqida ilk bor xabar bergan. Uning maʼlum qilişiça, hujumdan söng binoda yonğin boşlangan va köplab odamlar jabrlangan. Voqea joyida favqulodda qutqaruv işlari boşlangan.
Oradan köp ötmay, soat 15:57 da Vilkul savdo markazi binosiga takroriy hujum amalga oşirilganini maʼlum qilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bildirişiça, zarba beruvçi dronlar ikki tölqinda hujum qilgan. Birinçi zarba va undan keyin kelib çiqqan yonğindan taxminan yarim soat ötgaç, ikkinçi zarba berilgan. Zelenskiyning taʼkidlaşiça, takroriy hujum qutqaruv xizmatlari iş olib borayotgan paytda sodir bölgan.
Dnipropetrovsk viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Aleksandr Ganja esa Kriviy Rixdagi hujumdan keyin viloyatda sönggi bir sutka davomida sodir bölgan zarbalar oqibatlari haqida maʼlumot bergan.
Uning sözlariga köra, bir sutka içida viloyatning tört tumaniga qariyb 60-marta dronlar, artilleriya va aviatsiya bombalari bilan hujum qilingan.
Zarbalar oqibatida köp qavatli turar joy binosi, xususiy uylar va avtomobillar ham zarar körgan. Hujumlar yetkazgan zararning töliq kölami va boşqa oqibatlariga oid maʼlumotlar aniqlaştirilmoqda.













