Angliya: karaxt ahvoldagi top klublar
«Hall Siti» – «Manchester Yunayted» 2:0
Gollar: Adjayi, 17 (1:0). Mendi, 38 (2:0)
«Hall Siti»: Tzolakis, Adjayi (Makneyr, 64), Igan, Mendi (Herrington, 64), Jayls (Targett, 85), Koyl (Drameh, 70), Kruks, Sleyter, Strud (Millar, 71), Bellumi, Makberni
«Manchester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Heven, Shou, Mazraviy (Dalot, 80), Santos (Maynu, 67), Tilemans (Sheshko, 67), Brunu Fernandesh, Dorgu (Reshford, 46), Mbemo, Kunya (Leysi, 80)
Ogohlantirishlar: Kruks, 42. Millar, 90 – Dorgu, 34
Shanba dasturi sensatsiya bilan boshlandi: toʻqqiz yillik tanaffusdan keyin APLga qaytgan «Hall» «MU»ni nokautga uchratdi. Ikki gol ham standart vaziyatlardan keyin markaziy himoyachilar tomonidan urildi. Oxirgi bor APLda besh yarim yil muqaddam gol urgan Adjayi darvozabondan qaytgan toʻpga aniq zarba berdi. Tanaffus arafasida esa jarima zarbasidan keyin toʻpga yaxshi ochilgan Mendi Lammensni ikkinchi bor oʻz darvozasidan toʻp olib chiqishga majbur qildi.
Ikkinchi boʻlimda Maykl Kerrik maydonga Reshfordni tashladi, ammo oʻyin oxirigacha hisob oʻzgarmay qoldi. Mehmonlar toʻpga egalik qildi, koʻproq vaziyatlar yaratdi va koʻproq zarba berdi, «Hall» esa bor eʼtiborini hisobdagi ustunlikni saqlab qolishga qaratib, chuqur himoyalandi. Oʻyinning oxirgi qismida mezbonlar darvozaboni Solakisning seyvlari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. U Mbeumoning murakkab zarbasini qaytardi va oʻyinga intriga qaytishiga yoʻl qoʻymadi, yakunda «yoʻlbarslar» oʻz tarixida ilk bor «MU»ni APL oʻyinida magʻlub etishdi. Mankunianliklar esa bir narsada barqaror: ushbu jamoa APL tashkil etilganidan buyon ilk bor qatorasiga ikki mavsumda ochilish oʻyinida magʻlub boʻlmoqda.
«Brentford» – «Tottenhem Hotspur» 3:0
Gollar: Lyuis-Potter, 12 (1:0). Yanelt, 33 (2:0). Kayode, 49 (3:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Tiago, 54’
«Brentford»: Kelleher, Ayer, Kollinz, Lyuis-Potter, Kayode (Hiki, 76), Sangare (Damsgor, 76), Yanelt, Yensen (Yarmolyuk, 67), Shade, Uattara (Entoni, 67), Tiago (Uilson, 83)
«Tottenhem Hotspur»: Kinski, Senesi, van Hekke, Robertson, Grey (Udodji, 86), Bergvall (Fernandesh, 46), Tonali, Gallaher (Bentankur, 46), Tel, Mur (Meddison, 68), Risharlison (Solanke, 68)
















