Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandaçisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkaziş ekani, Rossiya bunga mos ravişda javob qaytarişini aytib ötdi. Quyida u bildirgan fikrlar qisqartirilgan va tahrirlangan şaklda keltiriladi. Töliq matnni Kreml saytida öqiş mumkin.

Rossiya ukrainlarning 40 kunlik «taʼsir körsatiş operatsiyasi»ga javoban Ukraina böylab zarbalarni kuçaytirdi. Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning fuqarolik obyektlari va logistikasiga yopirilma zarbalar yöllagandi. Ammo yakuniy natija Ukraina kutganining teskarisi böldi.

Kiyev iqtisodiyotimizga zarar yetkazişni öz oldiga maqsad qilib qöygandi. Uning özi Pandora qutisini oçib, jinni şişadan çiqarib yubordi. Endi özingizning şusiz ham bazör nafas olayotgan iqtisodiy tarmoqlaringizga javob beriladi. Qişloq xöjaligi sohasi ham şu jumladan. Bizning logistikamizni buzmoqçi böldingizmi? Javob kuttirmaydi. Qabul qilib oling.

Rossiyaning Ukraina böylab zarbalari Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya böylab zarbalariga qaraganda samaraliroq, öz vaqtida berilmoqda va vayronkorroq bölmoqda. Rossiya zarbalari frontdagi jangçilarimizga ham yordam bermoqda.

Bizga kelib tuşayotgan takliflar baʼzan, aytiş mumkinki, ekzotik xususiyatga ega va qabul qilib bölmaydigan takliflar. Biz tinçlik borasidagi muloqotga doim tayyormiz, biroq faqat mavjud realliklarga asoslangan holda.

  • Rossiya harbiylari 22-avgustga ötar keçasi Ukrainaning Dnipropetrovsk oblasti Kriviy Rih şahri böylab yöllagan zarbalar vaqtida «Solneçnaya galereya» savdo markazi vayron böldi. Ukraina rasmiylarining sönggi maʼlumotlariga köra, zarba oqibatida 16 kişi halok bölgan, 130 kişi, jumladan, 23 nafar bola yaralangan. Qutqaruvçilar töqqiz ming metr kvadrat maydonni qamrab olgan yonğinni öçirişgan. Hujum oqibatlarini bartaraf etiş va bedarak yöqolganlarni qidiriş işlari davom etmoqda.