Joriy yilning 29 sentabr kuni Qozoğistonning quriliş materiallari işlab çiqaruvçi “Ecoton” kompaniyasi Özbekistonda gazobeton işlab çiqariladigan “Ecoton Sharq” zavodini oçdi.
Özbekiston poytaxtidan 80 km uzoqlikda joylaşgan Toşkent viloyatining Angren şahrida “Ecoton Sharq” gazobeton işlab çiqariş zavodi foydalanişga topşirildi. Loyihaga 12 million AQŞ dollari (115 milliard söm) sarmoya kiritilgan bölib, yangi zavod 300 ming kubometr işlab çiqariş quvvatiga ega. Bu yiliga 5000 taga yaqin uylar qurilişini ta’minlaydi.
Zavodning oçiliş marosimida Özbekiston va Qozoğiston Respublikasi mutasaddilari, ikki davlatning yirik quriliş kompaniyalari vakillari iştirok etdi.

“Ecoton” kompaniyalar guruhi rahbari Baurjan Baymuxonov zavodning oçilişi mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga yangi sur’at bağişlaşini, Özbekiston va boşqa Markaziy Osiyo davlatlari quriliş bozorida ekologik toza quriliş materiallariga bölgan talabni qondirişini ta’kidladi. Zavodning oçiliş marosimidan söng mehmonlar işlab çiqariş maydonlarida bölib, quriliş materiallari işlab çiqariş jarayoni bilan tanişişdi, şuningdek, gazobeton böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.

Eslatib ötamiz, Angrendagi zavod Ecoton uçun oltinçi zavod bölib, bugungi kunda kompaniya Qozoğistonning Aqtöbe, Ostona, Qandiagaş va Alğa şaharlarida ham sifatli quriliş materiallari işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Qozoğistondagi “Ecoton” kompaniyasiga qaraşli gazobeton işlab çiqariş zavodlarining işlab çiqariş quvvati yiliga 550 ming kub metrni taşkil qiladi. Bu yiliga 1 million kvadrat metr hajmdagi uy-joy qurilişini ta’minlaydi.

" Ecoton +" OAJ zavodi Qozoğistonning quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça innovatsion va texnologik rivojlaniş dasturi doirasida amalga oşirildi, bu esa quriliş bozoridagi eng yuqori talablarga javob beriş imkonini beradi. Bugungi kunda korxona mahsulotlari yuqori sifatli quriliş materiallarining milliy brendi hisoblanadi.
Gazobeton işlab çiqariş uçun zavod faqat ekologik toza, sertifikatlangan mineral materiallardan foydalanadi. Bundan taşqari, materialning afzalligi, masalan, ğişt yoki yoğoç bilan soliştirganda yanada jozibador bölgan narxlardadir. Uy-joy, sanoat binolari va boşqa imoratlar qurilişida gazobeton bloklari qöllanadi.







