7 oktyabr kuni afsonaviy özbek rok-pop qöşiqçisi Davron Ğoipov 61 yoşida vafot etdi. Bu haqda suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov özining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun öz tuğilgan kunida rok-pop yulduzi Davron Ğoipov olamdan ötdi. 61 yoş, biroz vaqtli edi-da. Alloh bilguvçi! Hozirgina jiyani bilan gaplaşdim, janoza va dafn Xorazmda bölar ekan», — deb yozadi u.
Davron Ğoipov 1961 yilning 7 oktyabrida Urganç şahrida Özbekiston SSR kommunistik partiyasining Qaşqadaryo viloyati qömitasi 1-kotibi (hozirgi viloyat hokimi darajasida) Rözmet Ğoipov oilasida tuğilgan.
17 yoşidan gitarada qöşiq ijro etişni boşlagan. 1980 yilgaça «Yalla» guruhida gitarist sifatida ijod qilgan. 1981 yilda «Original» guruhiga asos solgan va tez orada maşhurlikka erişgan. U «Kerak emas şahlo közlaring», «Qaydasan», «Bu nima bu?», «Şoşmagin», «Otkritoye okno» singari yuzlab hit qöşiqlar yaratgan.
Internetdagi ma’lumotlarga köra, 1984−1989 yillarda ijodiy tanaffus qilib, Rossiyaning Irkutsk oblastida yaşagan. 1990 yilda ijodga qaytib, «Bu nima bu?» nomli musiqiy filmda suratga tuşgan. U özbek qöşiqçiligining rok-pop yölanişi rivojiga katta hissa qöşgan, taniqli qöşiqçi Tohir Sodiqov uni öz ustozi deb biladi va qöşiqlarini ijro etgan.
Yana bir taniqli xonanda Iroda Iskandarova uning sobiq turmuş örtoği bölgan.








