7 oktabr kuni Toşkentdagi Ğalaba boğida Xalqaro Politsiya Uyuşmasining Özbekiston bölimi taşkil etilganining 10 yilligiga bağişlangan rasmiy bayram tadbiri bölib ötdi. 

Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi

Tadbirning faxriy mehmonlari sifatida şahar xokimligi vakillari, butun Özbekiston respublikasining xuquq-tartibot idoralari raxbariyati, MDH davlatlaridan kelgan yuqori martabali ofitserlar,  xorijiy davlatlarning elçilari va harbiy attaşelari , şuningdek Rossiya Federatsiyasidan kelgan maxsus mehmon – XPU Rossiya bölimining Vitse-Prezidenti General-mayor Goloviznin A.G. iştirok etişdi. 

Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi
Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi

Tadbirning yoş mehmonlari uçun PPS va DPS xizmatlarining patrul avtomobillari, avtobus va mototsikllari körgazmasi xamda harbiy dala oşxonasi namoyiş etildi. 

Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi
Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi

Xarbiy orkestr iştirokidagi şou-dastur, yoş yakkakuraş ustalari, kinologiya xizmati mutaxassislari, şuningdek, mamlakatimiz estradasi yulduzlari – Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Sevara Nazarxon va Rayhonning çiqişlari bayramning körki böldi.

Foto: Xalqaro Politsiya Uyuşmasi

Tadbirning bayram qismi yakunlangaç, XPUning Özbekiston bölimi va mamlakatimizning bir qator xuquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumlarni imzolaş hamda medallarni tantanali topşirişdan iborat – rasmiy qism bölib ötdi, taşkilot faoliyatiga alohida hissa qöşgan Xalqaro Politsiya Uyuşmasi azolari hamda huquqni muhofaza qiliş organlari faxriylariga mukofot va esdalik sovğalari topşirildi.