Nizom davlat pensiyalarini tayinlaş, pensiya imtiyozlarini qöllaş, qayta hisoblaş, tiklaş, tölaş, pensiyadan çegirma qiliş, fuqarolar pensiya va boşqa tölovlar bilan ta’minlaşga doir masalalarini hal qiliş tartibini belgilaydi.
Taşkilotlar ma’muriyati har yili dekabrda şaxsiy varaqçalar va mehnat daftarçalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli şartlarda pensiya oliş huquqiga ega böladigan xodimlar röyxatini tuzadi.
Fuqaro pensiya tayinlaşni sörab pensiya oliş huquqi paydo bölgan kundan boşlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan çeklanmagan holda murojaat etiş huquqiga ega.
Pensiya tayinlaş (qayta hisoblaş) uçun zarur bölgan ma’lumotlar quyidagilardan olinganida Pensiya jamğarmasi bölimi pensiya tayinlaş uçun mavjud ma’lumotlarni tekşiriş töğrisida qaror qabul qilişiga yöl qöyilmaydi:
- jamğarib boriladigan pensiya tizimidan;
- pensiya jamğarmasiga ötkazilgan suğurta badallarini yakka tartibda hisobga olişning markazlaştirilgan elektron reyestridan;
- fuqarolar iş haqi yakka tartibdagi hisobini yuritiş markazlaştirilgan elektron reyestridan;
- yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boşqa vazirlik, idoralar axborot tizimlaridan.
Quyidagilarni tayinlaşni sörab murojaat qilganda ilova qilinişi zarur bölgan hujjatlar va ma’lumotlar yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud bölgan hollarda ilova qilinmaydi: yoşga doir pensiya tayinlaşni; nogironlik pensiyasini tayinlaşni; boquvçisini yöqotganlik pensiyasini tayinlaşni;
Pensiya tayinlaşni sörab murojaat qilgan şaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamğarmasi bölimi uşbu hujjatlarni tegişli taşkilotlardan talab qiliş yuzasidan yordam körsatadi.








