15 oktyabr kuni internetda Namangan viloyatidagi maktablardan birida öqituvçi öquvçini ayovsiz kaltaklagani töğrisida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati xalq ta’limi boşqarmasining ma’lum qilişiça, bu hodisa 13 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi 58-maktabda sodir bölgan.

«Davlatobod tumani 58-umumta’lim maktabidagi holat yuzasidan ma’lum qilinadiki, 13 oktyabr kuni 5-«V» sinfdagi öquvçilardan biri boşqa bir sinfdoşi M. X. uning boşiga uraverayotganidan şikoyat qilib, sinf rahbariga arz qilgan.

Sinf rahbari M.E. soat 16:10 da öquvçi M.X. ni tartibga çaqiriş uçun tuşunçalar beradi. Ammo öquvçi unga böysunmasdan odob-axloq me’yori çegaralaridan çiqib, sensirab, qöpol munosabatda bölgani tufayli sinf rahbari öquvçining xatti-harakatlaridan norozi bölib, badanining turli joylariga qöllari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan», deyiladi xabarda.

Viloyat xalq ta’limi boşqarmasi boşliği boşçiligidagi işçi guruhi, tuman hokimligi mas’ullari ta’lim muassasasi rahbariyati hamda psixolog öqituvçilar bilan suhbat ötkazgan, tuşuntiriş xatlari olingan.

Mazkur holat hozirda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan nazoratga olinib, öquvçi M.X. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangani, Namangan şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan sinf rahbari M. E. ning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani, holat yuzasidan tekşiruv yakuniga köra batafsil ma’lumot berilişi bildirilgan.

Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov ham hodisa yuzasidan bergan xabarida öquvçining kaltaklaniş sababi haqida yozgan.

«2022 yil 13 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktab öqituvçisi özi rahbarlik qilib kelayotgan 5-«V» sinf öquvçisi boşqa öqituvçilarning dars vaqtida özining noörin xatti-harakatlari bilan qolgan öquvçilarga xalaqit berib kelayotganini eşitib qolgan. Tanaffus paytida uni tartibga çaqirmoqçi bölganida, öquvçi sinf rahbarini mensimasdan gap qaytargan. Şundan söng, öqituvçi jahl ustida öquvçining badanining turli joylariga bir neça marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan», — deyiladi Boş prokuratura axborot xizmati rahbari xabarida.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati esa Davlatobod tumanida öquvçisini ayovsiz kaltaklagan öqituvçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum