O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri yakuniga yetdi
16 oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xuddi maktab o‘quvchilari turniridek, bu musobaqa ham O‘zbekiston tarixida ilk marta tashkil etildi va O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarorida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga o‘zaro hamkorlikda O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish vazifasi yuklangan edi.
Ushbu qaror ijrosi doirasida mas’ul tashkilotlar ulkan masshtabli turnirni a’lo darajada o‘tkazdi. Musobaqa ikki bosqichda (viloyat va respublika) bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning 5 oktyabr kuni musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqich respublikamizdagi 14 ta hududdan jami 535 ta o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini qamrab oldi. Ya’ni bu bosqichda 535 ta jamoa va 3745 nafar o‘quvchilar viloyat bosqichida qatnashdi. Viloyat bosqichi o‘yinlari natijasida har bir hududdan uchtadan eng kuchli jamoalar respublika bosqichi uchun saralab olindi.
Shunday qilib, 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida mamlakatimizning eng zukko ta’lim muassasalaridan kelgan 42 ta jamoa (294 nafar o‘quvchi) g‘oliblik uchun bellashdi.
His-hayajonga boy bo‘lgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:
- 1-o‘rin - UrDU akademik litseyi jamoasi;
- 2-o‘rin - IIV Navoiy akademik litseyi jamoasi;
- 3-o‘rin - IIV Farg‘ona akademik litseyi jamoasi.
Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi.
Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi:
- 1-o‘rin: BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m, yil davomida jami 18 mln so‘m);
- 2-o‘rin: BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m, yil davomida jami 14,4 mln so‘m);
- 3-o‘rin: BHMning 3 baravari (900 ming so‘m, yil davomida jami 10,8 mln so‘m).
Bundan tashqari, respublika bosqichida kuchli uchlikka kira olmagan jamoalarning har bir a’zosi va murabbiyiga aqlli soat va kitoblar esdalik sovg‘alar sifatida taqdim etildi.
Mavzuga oid
14:09 / 07.10.2024
Namanganda o‘quvchilar ijaraga olingan Gentraʼda YTHga uchradi. Mashinani boshqargan o‘smir vafot etgan
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
19:38 / 06.08.2024