Xalqaro forum, unga taşrif buyurgan Musulmonlar idorasi vakili Habibulloh qori Abdurazzoqov tomonidan Qur’oni Karim tilovatlari bilan boşlandi. Şundan söng Özbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi, senator Muxtor Umarov tadbirni rasman oçib, uning kölami va ahamiyati mamlakatda eksport hajmini oşirişga, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga qiziqiş ortişiga, vatanimiz imidjini xalqaro miqyosda yanada oşirişga xizmat qilişiga urğu berib, yurtimizda tadbirkorlik faoliyati Şavkat Mirziyoyev tomonidan şaxsan qöllab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Tashkent Global Forum asosçisi Abduhamid Abduvahobov barçaga taşrif uçun minnatdorçilik bildirib, öz tadbirkorligining ilk vaqtlarida xorij davlatlarida bölib, bu kabi forumlarni özimizda ham taşkillaştirişni, unga jahonning eng kuçli ekspertlarini, yuksak darajali spikerlarini jalb qilib, tadbirkorlikka endi qadam qöyayotgan tadbirkorlarga bilim olişda, biznes-ongini rivojlantirişda yordam berişni maqsad qilganini aytdi. Şuningdek, Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirişga hissa qöşiş orqali, uning xalqaro nufuzini oşiriş ham juda muhimligini ta’kidladi.

Birinçi spiker – turkiyalik işbilarmon, PATH IT-kompaniyasi asosçisi Murat Kadir IT-biznesni taşkillaştiriş va rivojlantiriş rivojlantiriş böyiça öz tajribasi bilan bölişdi.
Navbatdagi spiker – Dubay şahridagi qator restoranlarni taşkil qilgan Orzu Hospitality xoldingining asosçisi Mirzo Xafizov Rişton şahrida tuğilgan, Londonda tahsil olgan bölib, öz mehnat faoliyatini restoranda oddiy işçilikdan, Dubayda bir neçta restoranlar sohibiga aylanişgaça bölgan yölini sözlab berdi.

Birinçi kunga rossiyalik marketolog, marketing böyiça eng foydali – “100% lik marketing” va yana 35 dan ortiq kitoblar muallifi, 500 000 dan ortiq mutaxassislarga marketingdan saboq bergan Igor Mann yakun yasadi. Biznesda mijozlarga qaratilganlik yuzasidan ma’lumot bergan Igor Mann kompaniyalarning bu borada muvaffaqiyatga erişişi böyiça bosqiçma-bosqiç işlaş sirlarini aytib ötdi.
Marketing sirlari, mijozlarni jalb qiliş, saqlab qoliş va qaytariş usullari böyiça Igor Mann tomonidan mahorat darslari ötildi.












