Fuqarolarning «Temir daftar»ga kirish bo‘yicha hokim yordamchisiga elektron murojaat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
“Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini hal etish hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimlarini takomillashtirish munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ehtiyojmand fuqarolarni “Temir daftar”ga kirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik sub’yekti ― jismoniy shaxs faoliyati davomiyligini ta’minlash maqsad qilingan.
Hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritiladi:
2022 yil 1 dekabrdan fuqarolar tomonidan “Temir daftar”ga kirish yuzasidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisiga elektron murojaat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
2023 yil 1 yanvardan Davlat xizmatlari markazi tomonidan tadbirkorlik sub’yekti ― jismoniy shaxs tomonidan faoliyatini to‘xtatish uchun kelib tushgan arizani ma’lumot uchun tegishliligi bo‘yicha hokim yordamchisiga elektron xabarnoma yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Qaror bajarilishini nazorat qilish bosh vazir moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Dembelening goli "PSJ"ga "Arsenal" ustidan g‘alaba keltirdi
Sport | 03:25
-
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp
Jahon | 01:02
-
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
Jahon | 00:31
-
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi
Jahon | 23:49 / 29.04.2025
Mavzuga oid

10:55 / 05.02.2025
Tomorqalarda ishlarni tashkil etish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

10:01 / 19.04.2024
Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi

13:42 / 19.03.2024
Hokim yordamchilari ko‘magida 206 mingta ish o‘rni yaratildi

12:12 / 14.06.2023