Irkutskda harbiy samolyot uy ustiga quladi. Uchuvchilar halok bo‘lgan
Su-30 rusumli harbiy samolyot Irkutskdagi ikki qavatli turar joy binosiga quladi. FVV ikki uchuvchi ham halok bo‘lganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.

Dmitriy Yemchuk / TASS
FVV bayonotiga ko‘ra, Su-30 samolyoti sinov parvozi chog‘ida xususiy sektordagi qurilish binosiga qulagan. Voqea joyida yong‘in kelib chiqqan va 200 kv.m maydonni qamrab olgan.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, samolyot halokatidan so‘ng 150 uy elektr ta’minotisiz qolgan.
«Voqea joyida ish olib borilmoqda. Bu yerda ochiq yong‘inlarni bartaraf ishlari ketmoqda. Ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan. Mahalliy aholi vakillaridan hech kim jabrlanmagan. Qulash manzili aniqlashtirilgan - bu Prjyevalskiy ko‘chasi, 32-uy. Bu ikki oila uchun mo‘ljallangan 100 kv. m. maydondagi turar joy binosi. SU samolyoti sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan», deya yozadi region gubernatori Igor Kobzev.
Telegram-kanallarda samolyot halokatidan keyin boshlangan yirik yong‘in tasvirlari aks etgan videolar tarqalgan.
Tergov qo‘mitasi tomonidan havo transporti xavfsizligi va ulardan foydalanish qoidalari buzilishi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Su-30 - «Suxoy» konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan va Irkutskdagi aviatsiya zavodida seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan «4+» avlodidagi ko‘p funksiyali qiruvchi samolyot hisoblanadi.

Ukrainadagi urush davrida Rossiya hududida qulagan 11-harbiy samolyot
- 24 fevral kuni Voronej yaqinida An-26 samolyoti qulaydi. Ekipaj halok bo‘lgan;
- 8 aprel kuni Leningrad oblastida MiG-31 qiruvchisi qulagan. Ekipaj katapulta qilingan;
- 17 iyun kuni Belgorod oblastida Su-25 samolyoti halokatga uchragan. Uchuvchi katapulta bo‘lishga ulgurgan;
- 21 iyun kuni Rostov oblastida Su-25 shturmoviki halokatga uchragan. Uchuvchi halok bo‘lgan;
- 24 iyun kuni Ryazanda Il-76 halokatga uchragan. To‘rt kishi qurbon bo‘lgan;
- 11 sentabr kuni Qrimda Su-34 harbiy samolyoti qulagan. Uchuvchilar omon qolgan;
- 1 oktyabr kuni Qrimdagi «Belbek» aerodromida samolyot halokatga uchragan. Uchuvchi katapulta qilgan;
- 9 oktyabr kuni Rostov oblastidagi dala maydoniga Su-34 qulab tushgan. Uchuvchilar katapulta qilingan;
- 9 oktyabr kuni Rostov oblastida yana bir harbiy samolyot — Su-25 qulagan. Uchuvchi halok bo‘lgan;
- Bir hafta muqaddam, 17 oktyabr kuni Krasnodar o‘lkasidagi Yeysk shahrida Su-34 rusumli qiruvchi-bombardimonchi samolyot aholi yashash hududi qulagan, natijada 15 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgandi. Harbiy samolyot qulash chog‘ida to‘qqiz qavatli uyga urilib ketgandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
Jahon | 17:31
-
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:20
-
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

19:03 / 11.01.2025
Kolumbiyada kichik samolyot qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

11:21 / 17.08.2024
Irkutskda qulagan samolyot: “afsonaviy” Tu-22M haqida nimalar ma’lum?

10:23 / 06.04.2023
Rossiyada ukrainlarning yengil motorli samolyoti halokatga uchradi, uchuvchi hibsga olingan

15:59 / 25.03.2023