Toşkent şahar sudlari axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat böyiça qözğatilgan jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi tomonidan körib çiqilgan.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, kaltaklaniş oqibatida haydovçida boş miya oçiq jarohati, oğir darajali boş miya lat yeyişi, çap çakka bölagining kontuzion öçoqlari bilan, çap çakka bölagi ötkir subdural gematomasi, kalla suyagi asosiga ötgan çap çakka suyagi sinişi, pnevmotsefaliya, çap çakka sohasi yumşoq töqimalarining lat yeyişi kabi tan jarohatlari aniqlangan. Ekspertlar tomonidan uşbu jarohatlar hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlar sifatida baholangan.

Sud majlisida piyoda aybiga qisman iqror bölgan. Yigit onasi bilan dehqon bozori qarşisida piyodalar uçun yaşil çiroq yonganida yöldan kesib ötmoqçi bölgani, şunda svetoforning qizil çiroğida harakatlanib kelgan maşina ularni turtib yuborişiga bir bahya qolganini aytgan.

“Piyodalar ötiş joyidan yaşil çiroqda ötayotganimizda svetoforning qizil çiroği yonganiga qaramasdan bir maşina harakatlanib kelib, bizni turtib ötişiga ozgina qoldi. Şunda maşinaning haydovçi tarafidagi yon oynasini qölim bilan urdim. Haydovçi va yana bir kişi maşinadan tuşib: “Nima qilyapsan?” deb baqirdi. Ularga: “Yaşil yonib turibdi, biz ötişimiz kerak”, deb aytdim.

Haydovçi bilan gap talaşib turgan vaqtimizda orqadan kimdir meni itarib yubordi. Zarbadan yerga yiqildim. Keyinçalik meni itarib yuborgan şaxs haydovçining ukasi ekanligini bildim. Onam u bilan tortişib ketdi. Şu payt haydovçi yuzimga urdi. Men ham özimni himoya qilişi uçun uning yuziga bir neça marotaba urdim. Oqibatda u yerga yiqilib qoldi.

Onam ikkimiz jabrlanuvçini yölovçi maşinada kasalxonaga olib bordik. Unga tibbiy yordam körsatilgaç, tez yordam avtomaşinasida boşqa kasalxonaga olib ketdik.

Haydovçiga oğir tan jarohati yetkaziş maqsadim bölmagan. Urayotgan vaqtim qölimda heç qanday qattiq jism yöq edi. Faqatgina qölim bilan yuz qismiga uç marotaba urdim, şunda tan jarohati olgan. Jabrlanuvçi ham yuzimga bir muşt tuşirgandi”, deya ta’kidlagan ayblanuvçi.

Jabrlanuvçining ukasi sudda bergan körsatmasida piyoda yigit akasini urib yiqitgaç, u huşidan ketgani va uç marta operatsiya bölganini aytgan.

“Akam bilan ikkita avtomaşinada Toşkent viloyati Böstonliq tumaniga dam oliş uçun ketayotgandik. Akam “Cobalt” rusumli avtomaşinada oldindan harakatlanib borayotgandi. Men esa özimga tegişli bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşinada ketma-ket ketayotgandim.