21-oktabr kuni IIV Tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bölinmalari hamda DXX xodimlari hamkorligida poytaxtning Uçtepa va Bektemir tumanlari, şuningdek, Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida tezkor tadbirlar ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, 2004-yilda tuğilgan uç nafar şaxs «Treker» avtomobilida giyohvandlik vositalarini tarqatayotgan vaqtda uşlangan. Ular guruhda omborçi va moddalarni yaşirin joylarga qoldiruvçi tarqatuvçi vazifalarini bajarganlikda gumonlanmoqda.
Ularning yaşaş xonadoni va ijaraga olgan dala hovlilari ham közdan keçirilgan. Giyohvandlik vositalaridan taşqari, 1000 dona zip-paket, tarozilar va boşqa buyumlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Guruhning boşqa aʼzolarini aniqlaşga qaratilgan tadbirlar Yuqori Çirçiq tumanida davom ettirilgan. U yerda oçiq dala maydoniga yaşirilgan sintetik giyohvandlik vositalarini oliş uçun kelgan şaxslar va ularning şeriklari uşlangani bildirilgan.
Uşlanganlar orasida turli taʼlim muassasalarida öqiyotgan yoşlar hamda ilgari sudlangan şaxslar bor. Xabarda 1999, 2000, 2001 va 2007-yillarda tuğilgan şaxslar tilga olingan.
Tezkor suriştiruv maʼlumotlariga köra, gumonlanuvçilar bir neça oy davomida internet narkodökoni taşkilotçilarining topşiriqlarini bajarib kelgan. Ular dastlab tarqatuvçi, keyinçalik esa omborçi vazifasida işlagani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















