Turkmanistonning Xalq Maslahati (Xalq Kengaşi, Milliy Gengeş palatalaridan biri — parlament) yiğilişida ma’muriy-hududiy islohot ötkaziş böyiça qaror qabul qilindi. Uni sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov olib bordi. 

Qarorga köra, «aholining qişloq joylari tarixiy nomlarini tiklaş borasidagi taklif va murojaatlari inobatga olinib» 2 ta etrap, 3 ta şahar, 4 ta aholi punkti, 3 ta gengeşlik, şuningdek, 21 ta qişloq nomi özgartirildi. 

Ularning orasida birinçi prezident Saparmurod Niyozov va uning onasi Gurbansulton ejye şarafiga nomlangan joylar ham bor. 

Jumladan, Doşöğiz viloyati, Göröğli etrapidagi Saparmurod Niyozov nomli qişloqqa Bedirkent, Ğallaçi gengeşligidagi Saparmurod Niyozov nomli qişloqqa Ğallaçi, Saparmurod Niyozov nomidagi etrap va Niyazov nomli şaharga Şovot nomi berildi. 

Şuningdek, Sahro gengeşligidagi Gurbansulton ejye nomli qişloq - Yakkatut, Gurbansulton ejye nomli gengeşlik - Qiziljagala, Gurbansulton etrapidagi Gurbansulton şahri - Andalip böldi. 

Saparmurod Niyozov 1991-2006 yillar davomida Turkmanistonning birinçi (va ölimiga qadar abadiy) prezidenti bölgan. Uning hayotligida köplab qişloqlar, şaharlar, köçalar, zavodlar, kolxozlar, maktablarga özining va ota-onasi Otamurod bilan Gurbansulton ejye nomi berilgan. 

Gurbanguli Berdimuhamedov prezident bölgaç, Niyozov va uning yaqinlari nomini olgan qişloq va şaharlar soni kamaymoqda.