Markaziy bank xabariga köra, şuningdek, yiğilişda "Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlarining dastlabki konseptual loyihasi” ham körib çiqilib, ma’qullangan.
Eslatib ötamiz, regulyator 8 sentabrdagi boşqaruv yiğilişida ham asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgan edi.
Joriy yilning 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tuşirişga qaror qilgandi.
2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani özgarişsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgan.
Joriy yil 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. 17 mart kuni Özbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oşirdi. Bundan taşqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida özgarişsiz qoldirişga qaror qilindi.
Bundan taşqari, joriy yil 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagaça pasaytiriş töğrisida qaror qabul qildi.
2018 yil boşida asosiy stavka 14 foiz darajasida bölgan bölsa, 2019 yilda u 16 foizgaça kötarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tuşdi. Pandemiya va oğir iqtisodiy vaziyatda ham kurs özgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tuşirildi.












