22 noyabrda Parijdagi Arab dunyosi institutida Özbekiston xalq va amaliy san’atining XIX asr örtalari – XX asr boşlarigaça bölgan davrda yaratilgan noyob asarlari körgazmasi oçiladi.

Madaniyat va san’at jamğarmasidan ma’lum qilişlariça, Nukus şahrida joylaşgan Savitskiy davlat san’at muzeyi eksponatlari körgazma negizini taşkil etadi. Ular orasida qoraqalpoq xalqining an’anaviy dekorativ-amaliy san’ati asarlari va XX asrda ijod qilgan özbekistonlik rassomlarning Turkiston avangardi oltin fondiga kiritilgan asarlari ham bor.

Körgazma uçun eksponatlar muzey xodimlari va ularning fransuz hamkasblari tomonidan birgalikda tanlab olindi.

Ta’kidlaş kerakki, eng qiziqarli eksponatlardan biri qoraqalpoq ayollarining XVII-XVIII asrlardagi an’anaviy boş kiyimi – tobelik hisoblanadi. Tobelik marjon va firuza toşlari hamda kumuş plastinalardan yiğilgan silindrsimon şaklga ega. U töy boş kiyimi – saukele ustidan kiyiladigan qöşimça bezak, öziga xos toj vazifasini bajargan deb hisoblanadi.

Qoraqalpoq ayollarining XVII-XVIII asrlardagi an’anaviy boş kiyimi – tobelik
Xaykel

Körgazmada kimeşeki ham taqdim etiladi. U ham ayollarning milliy boş kiyimidir. Kimeşeki boşni butunlay qoplaydi, yuz esa oçiq qoladi. Ba’zi jihatlariga köra “kapyuşon”ni eslatadi. Turmuş qurgan ayollar muayyan rangdagi kimeşeki kiygan va şu orqali öz maqomiga urğu bergan.

Tanlab olingan eksponatlar orasidan Örol Tansiqboyev, Viktor Ufimsev, Nadejda Kaşina möyqalamiga mansub asarlar joy olgan. Aleksandr Volkov, Aleksey Isupov va boşqalarning asarlari ham bor. Mualliflarning öziga xos rassomlik uslubiga qaramay, barça asarlar bitta mavzu – Şarq va uning rang-barangligidan ilhomlanib yaratilgan va şu mavzu atrofida birlaştirilgan.

Nikolay Karaxan, “Qarağay daraxtlari qurşagan hovuz böyidagi çoyxona”

Masalan, Nikolay Karaxanning “Qarağay daraxtlari qurşagan hovuz böyidagi çoyxona” asarini körgan tomoşabin öşa davrdagi odamlarning qanday kiyinişi va dam olişi, ularning turmuş tarzi, tabiatni darhol anglaşi mumkin.

A.Isupov, “Şarq kafesi”
N. Kaşina, “U Şir-Dora”
A.N Volkov, “Arba”
A.N Volkov, “Yöldagi hordiq”
U.Tansiqboyev, “Qumğon”

“Umuman olganda, Savitskiy muzeyi tomonidan taqdim etilgan butun töplam Şarq madaniyati va xususan Özbekistonning rang-barangligi, öziga xosligi va jozibasini oçib berişga möljallanganini alohida ta’kidlaş lozim.

Va u Yevropaning maşhur poytaxtida joylaşgan Arab dunyosi institutida taqdim etilişi katta ramziy ma’noga ega. Bu Ğarb va Şarqning birgalikda mavjud böla olişi va bir-birini özaro boyitişi mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi”, – deyiladi rasmiy relizda.