23 oktabr kuni Özbekiston Inson huquqlari «Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasining Facebook’dagi sahifasida şu yilning 1 oktabr kuni Içki işlar xodimlari tomonidan hibsga olingan, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida közda tutilgan (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotiş) jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan urgutlik erkak içki işlar xodimlari tomonidan qiynoqqa solingani, oqibatda gumonlanuvçining uçta qovurğasi singani va tana qismida jarohat izlari mavjudligi haqida xabar berilgan.
Qayd etilişiça, hibsga olingandan söng uşbu şaxs qariyb 20 kun davomida na yaqinlari, na advokat bilan uçraştirilmagan. Dastlab vaqtinça uşlab turiş hibsxonasida saqlangan erkak keyinçalik Kattaqörğon şahridagi tergov hibsxonasiga ötkazilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) axborot xizmati uşbu xabarga aniqlik kiritiş maqsadida Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili 23 oktabr kuni 7-son Tergov hibsxonasiga borib, mahbus A.E. bilan xoli tarzda uçraşganini ma’lum qildi.
Suhbat davomida mahbus «Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi tarqatgan ma’lumotni tasdiqlagan va öziga tan jarohati yetkazgan xodimlarga nisbatan qonuniy çora körilişida amaliy yordam söragan. Mahbusning murojaati uning tibbiy holatiga oid ma’lumotlar bilan birga Ombudsman nomidan Boş prokuraturaga yuborilgan.
IIV Jazoni ijro etiş departamenti axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali muloqotda mahbus hibsxonaga olib kelingunga qadar jarohatlanganini aytmoqda.
“Holatni ayni paytda prokuratura örganmoqda. Bizning xodimlarimiz unga kuç işlatmagan. Mahbus ham prokuraturaga yozgan arizasida qiynoq qölga olingan vaqtda Samarqand viloyat IIB Jinoyat-qidiruv bölimi tezkor xodimlari tomonidan qöllanganini aytmoqda. Bu voqea haqiqatda sodir bölgan yoki bölmaganiga prokuratura aniqlik kiritmoqda. Bu hozirça mahbus bergan körsatma. Buni u prokuror bilan uçraşuv vaqtida aytgan.
Mahbus tergov hibsxonaga olib kelingandan söng albatta tibbiy tekşiruv ötkaziladi, badanida qanday çandiği bor, qanday jarohati bor, kasalliklari aniqlanib, dalolatnoma tuziladi. Tekşiruv vaqtida uning qovurğasida kamçilik aniqlangan. Şifokorlarimiz tomonidan uşbu holat aniqlanganidan söng prokuraturaga ma’lumot berilgan.










