Isroil 27 oktyabr, payşanbaga ötar keçasi Damaşq çekkasiga bir neça bor havo hujumlarini amalga oşirdi, deb xabar berdi Suriya Mudofaa vazirligi. Idora ma’lumotlariga köra, uçirilgan bir neçta raketa havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan. Isroilning öqqa tutişi «moddiy zarar yetkazdi», biroq Mudofaa vazirligi bu böyiça heç qanday tafsilot keltirmadi.

AFP'ning Suriyadagi muxbiri poytaxtda çorşanbadan payşanbaga ötar keçasi portlaşlar eşitilganini tasdiqladi. Suriya inson huquqlari monitoringi markazi (Buyuk Britaniyada joylaşgan inson huquqlari taşkiloti) ma’lumotlariga köra, zarbalar Damaşq xalqaro aeroporti yaqiniga amalga oşirilgan.

Suriyada fuqarolar uruşi boşlangan 2011 yildan beri Isroil mamlakatdagi nişonlarga «yuzlab» havo hujumlarini amalga oşirdi, deb eslatadi AFP. Zarbalar maqsadi Asad rejimiga sodiq Suriya qöşinlari, şuningdek, Hizbulloh guruhi kabi ittifoqçilarning pozitsiyalari bölgan. Xususan, 14 avgust kuni Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining Suriyadagi asosiy bazasi hisoblangan Tartus porti yaqinida joylaşgan Eron harbiy obektlariga zarba berildi.

20 oktyabr kuni The New York Times gazetasi Rossiya Federatsiyasi Suriyadan umumiy 1600 nafargaça askari va S-300 zenit-raketa komplekslari bölgan ikki batalon qöşinini olib çiqqani haqida xabar berdi. Isroil armiyasidagi gazeta manbasining qöşimça qilişiça, Suriyadan bir neça rossiyalik qömondon allaqaçon Ukrainaga köçirilgan. Yaqinda Ukrainadagi rus qöşinlari guruhiga qömondonlik qilib tayinlangan general Sergey Surovikin ham avvalroq Suriyadagi janglarga boşçilik qilgan.

Turli naşrlar bir neça oylardan beri Rossiya Federatsiyasi Suriyadagi harbiy iştirokini Ukrainada mustahkamlaş maqsadida kamaytirayotgani, şuningdek, Ukraina frontiga suriyalik yollanma askarlarni yuborayotgani haqida yozmoqda. Sentabr oyida OAV Rossiya Ukrainadagi katta yöqotişlar fonida Suriyadagi mojaroga «siyosiy yeçimni tezlaştirişga» urinayotgani haqida xabar bergan edi.

Ayni paytda, Kiyev Rossiyaning öz hududiga yirik zarbalaridan söng Isroildan Ukraina şaharlarini himoya qiliş uçun samarali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişni rasman söradi.