«Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.
Haftalik doirasida 2-4 noyabr kunlari poytaxtdagi OʼZEKSPOMARKAZ majmuasida Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.
Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.











