“Aya, men qaçon maktabga boraman?”
Ikki yil intiq kutib topgan farzandini yeru kökka işonmaydigan Jumaxol opa qizaloğining bu dardga çalinişini xayolining köçasiga ham keltirmagan. Uçinçi farzandi tuğilguniça şifoxonada — qizining oldidan jilmadi. Farzandini davolatiş uçun hatto sotişga uyi ham yöq.
“Yetti yildan beri ijarada turamiz. Uy-joyimiz yöq. Otasi doimiy işda işlay olmaydi. Revmatizmi bor. Faqat issiq kunlari işga çiqadi.
Kun-tun bolamga termulib öylayman faqat. Mening bolam ham maktabga çiqarmikan, tengdoşlaridek çopqillab yurarmikan?..”, deydi onaizor ökinç bilan.
Bu yil bolasi tengilar maktabga çiqqanini körib, ayolning yuragi eziladi.
“Aya, men qaçon maktabga boraman, deydi. Uyda ta’lim oladigan böldi. Bir haftada ikki kun. Lekin şunga ham çarçab qolyapti.
Lablarigaça oqarib, şişib ketadi. Ikki kurs davolatdik. Uçinçisiga qurbimiz yetmay qoldi. Heç narsa yemay qöydi. Bu kasallikni duşmanimgayam ravo körmayman”, deydi Jumaxol opa köz yoşlarini artib.
Farangiz Abduğaniyevaga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0803 0952 9461 onasi Jumaxol Rasulova nomida
Manzil: Sirdaryo viloyati, Mirzabod tumani, Navröz mahallasi, Taraqqiyot köçasi 2-uy.
“Kunlar sovisa, yuragim bezillaydi”
Qiş kelişi köpçilik onalarni taşvişga soladi. Ayniqsa, bolaga issiq kiyim, etik oliş kerak, uyni isitiş kerak... Lekin Sayyora opaning xavotiri boşqa narsadan. U xasta qizaloğining qiynalişidan qörqadi.
“Kunlar soviyversa yuragim bezillaydi. Immuniteti past, oğrib qolişidan qörqaman. Ikki marta kovid ötkazdi. Hatto issiq yozda ham şamolladi. Eng oğir hadik – davolaş samara bermay, ilik köçiriş zarurati tuğilgani böldi. Bu juda murakkab operatsiya ekan va katta mablağ kerak bölarkan”.
Sayyora opaning qizi Malikaxon ham bu yil maktab yoşiga yetdi. Lekin asosiy vaqti şifoxonada ötayotgan qizaloq uy ta’limini olişga ham ulgurmayapti.















