Birgina Romitan tumanining özida 150dan ortiq issiqxona bor. Ularning aksariyatida eksport uçun pomidor yetiştiriladi. Bu minglab tonna hosil va millionlab dollar mablağ degani. Şu sababli qöllariga ogohlantiriş xati yetib kelgan yoki issiqxonasi gazdan uzilgan “parnik”çilar xavotirga tuşdi. Agar öşa kunlarda havo harorati tuşib ketganida hosil bilan birga qilingan mehnat va xarajat ham yöqqa çiqar edi.

Tumandagi «Agro generous profusion» MÇJ iş yurituvçisi Hoşim Jalolovning ta’kidlaşiça, tabiiy gaz bölmagan kunlari pomidor köçatlari “stress” olgan:
“2 kun gaz uzildi. Hozir yana ulab berişdi. Tölovlar öz vaqtida amalga oşirilgan. Mana, endi bu yoği yana iziga tuşib ketadi. Agar tabiiy gaz ulab berilmaganida kuyardik, şunça hosilni saqlab qolib bölmasdi. Hosilimiz yomon emas. Gaz uzilganida köçatlarimiz “stress” oldi. Endi ularni yana özining holatiga keltiriş kerak”.

“Issiqxonamiz 2 gektar. 1 avgust kuni pomidor köçati ötqazganmiz. Xudo xohlasa, yil yakuni bilan tayyor böla boşlaydi. Eksportyor korxonamiz. 200 000 dollar atrofida eksport qiliş niyatim bor. Çet davlat bilan şartnoma qilganmiz.
Toşkentdan topşiriq böldi, deb tabiiy gazni uzişgandi. Şartnomamiz, oldindan tölovimiz bor edi. Mana, bugun ertalab qayta ulab, yoqib berişdi, muammo yöq. Hozirça hammasi joyida. Qozonxonalarimiz tabiiy gazga moslaşgan. Kömir bilan isitişning iloji yöq. Çunki zamonaviy issiqxonalar balandligi 8 metr. Faqat gaz bilan isitiş mumkin. Agar tabiiy gazni ulab berişmaganida 3-4 mlrd sömlik hosilimiz nobud bölardi”, — deydi tumandagi “M.M.Agrolant” MÇJ rahbari Şuhrat Şaripov.

Romitan tumani gaz ta’minoti bölimi boşliği Zahriddin Qobilovga köra, hududdagi önga yaqin tabiiy gazdan uzib qöyilgan issiqxona tarmoqqa qayta ulab berilgan. Hozirda ikki tomonlama şartnoma qiliş va “parnik”larni gazga ulaş işlari davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, viloyatda tabiiy gaz bilan isitiladigan 323 ta issiqxona bor. Ularning 300dan ortiğiga ogohlantiriş xatlari berilgan. Hozirgaça 80ga yaqin issiqxona şartnoma qilinib, tabiiy gazga ulangan.













