Özbekiston Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oşirilayotgan «Toşkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etişni jadallaştiriş» qöşma loyihasi doirasida «yaşil» şahar transport tizimlari böyiça eng ilğor xorijiy tajribalarni örganiş maqsadida vazirlik xodimlarining Koreyaga öquv xizmat safari taşkil etildi.
Xizmat safari davomida Seul şahri jamoat transporti sohasida amalga oşirilgan keng kölamdagi islohotlar, şaharda joriy etilgan avtobus yölaklari (BRT), integrallaşgan elektron tölov (T-Money) tizimi, daromadlarni taşuvçilar örtasida taqsimlaşda Pool tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholi zaif qatlamlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişildi.
Janubiy Koreya şaharlarida joriy etilayotgan transportdan holi bölgan «yaşil» hududlar va jamoat transporti parki uçun elektrobuslar xarid qilişda davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tajribalari örganildi.
Özbekiston vakillari Seul şahar ma’muriyati qoşida taşkil etilgan transport ma’lumoti xizmati (TOPIS) faoliyati bilan tanişdilar. TOPIS xodimlari şahar transport tizimini operativ boşqaruv faoliyati, haydovçisiz harakatlanayotgan transport vositalari pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yöl ma’lumotlarini tahlil qilib boriş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Uçraşuvlar davomida Toşkent şahrida jamoat transporti sohasini isloh qiliş, «yaşil» transport yölaklarini joriy etişda özaro bilim va tajriba almaşinuvi böyiça hamkorlikni yölga qöyişga kelişib olindi.












