Sudyalar oliy kengaşi raisining matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz’ga uşbu özgariş Baxtiyor Isoqovning rahbarlik lavozimidagi vakolat muddati yakuniga yetgani bilan boğliq ekanini ma’lum qildi.

“Oliy sudi raisining örinbosari – iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati raisi Baxtiyor Isoqovning vakolat muddati yakuniga yetdi. Qonun böyiça rais va uning örinbosarlari 5 yil muddatga tayinlanadi. Masalan, 10 yilga sudyalik lavozimiga tayinlansa, şundan beş yiliga qaysidir sudning raisi yoki örinbosari lavozimiga tayinlanişi mumkin.

Baxtiyor Isoqovning Oliy sud raisi örinbosari lavozimidagi 5 yillik muddati tugadi, lekin sudyalik vakolati yakuniga yetgani yöq. Şu sababli u Sudyalar oliy kengaşining 28 oktabr kuni bölib ötgan navbatdagi yiğilişida Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy işlar böyiça sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi”, deydi Tursunali Akbarov.

Baxtiyor Isoqov 2017 yili ön yil muddatga Oliy cudi raisining örinbosari – iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi. Ungaça esa Oliy xöjalik sudi raisining birinçi örinbosari bölib işlagan.