“Özbekiston Mehnat kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Kodeksga köra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita boğliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soliş asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:

  • mehnat huquqlari tengligi, mehnat va maşğulotlar sohasida kamsitişni taqiqlaş;
  • mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlaş;
  • mehnat sohasidagi ijtimoiy şeriklik;
  • mehnat huquqlari ta’minlanişi va mehnat majburiyatlari bajarilişi kafolatlangani;
  • xodim huquqiy holati yomonlaşişiga yöl qöyilmasligi.

Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilişga bölgan öz qobiliyatlarini tasarruf etiş, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday şaklda amalga oşiriş, maşğulot turini, kasbni va mutaxassislikni, iş joyini hamda mehnat şaroitlarini erkin tanlaş huquqini anglatadi.

Davlat aholi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini işga joylaştiriş böyiça qöşimça kafolatlarni ta’minlaydi.

Bunda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • 14 yoşga tölmagan bolalari, nogironligi bölgan bolalari bor yolğiz ota-ona, köp bolali oilalardagi ota-onalar;
  • umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bölgan yoşlar;
  • “Mehribonlik” uylari bitiruvçilari, oliy ta’lim taşkilotlari davlat grantlari böyiça ta’lim olgan bitiruvçilari;
  • Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qöşinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan böşatilgan şaxslar; 
  • nogironligi bölgan şaxslar;
  • pensiyaoldi yoşidagi şaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoşiga qadar ikki yil oldin); 
  • jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslar yoki sud qaroriga köra öziga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllanilgan şaxslar; 
  • odam savdosidan jabrlanganlar.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.