2022 yil 25 oktabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani Ğös mahallasi hududidan ötuvçi içki yölda yöl-transport hodisasi röy berdi.
Viloyat IIB xabariga köra, haydovçi A.O. boşqaruvida bölgan Lacetti rusumli avtomaşinani Ğös mahallasi yönalişi böyiça tezlikni me’yoridan ortiq boşqarib borib, uşbu yölning qatnov qismidan piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqaroni urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda, 3 nafar piyodalar oğir tan jarohati olib, Urgut tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etgan, 1 kişi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











