«Ayni damda mamlakatimizning köplab şahar va viloyatlarida elektr ta’minotida barqarorlaştiruvçi uzilişlar jadvalidan foydalanilmoqda. Hozirda qariyb 4 million ukrainalik elektr ta’minotida çeklovlarni boşdan keçirmoqda», — dedi prezident.
Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Kirilo Timoşenko Ukrainadagi energiya ta’minoti bilan boğliq vaziyatni «favqulodda vaziyat» deb atadi.
«Biz işlaşda davom etamiz. Barqaror elektr ta’minotini tiklaş uçun vaqt kerak böladi. Kelgusi haftadan boşlab jadvallar favqulodda emas, rejali böladi», deb yozdi u.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruş boşlanganidan beri Rossiya Ukraina hududiga 4500 ta raketa zarbasi bergani, 8000 dan ortiq havo hujumini amalga oşirganini aytgandi.
Unga köra, sönggi ikki kun içida 30 ta dron ham uçirilgan, ulardan 23 tasi urib tuşirilgan.
Bundan taşqari, X-59 raketasi, ikkita Ka-52 hujum vertolyoti va Su-25 hujumçi samolyoti yöq qilindi.













