Uşbu tadbir şunisi bilan ahamiyatliki, ötgan öttiz yil davomida birinçi marta mazkur Assambleyaning yalpi majlisi va MDH PA Kengaşi Sankt-Peterburgdagi qarorgohidan taşqarida ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Federatsiya Kengaşi Raisi, MDH PA Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko bilan uçraşdi.
“Bu yil jahon siyosatining markazi Özbekistonga köçdi, bu yerda oliy darajadagi yirik xalqaro tadbirlar bölib ötmoqda. Bu mamlakatimizning xalqaro siyosatdagi örni va jahon hamjamiyatidagi Özbekiston nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi”, dedi Matviyenko.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Özbekistonning ustuvor strategik hamkori ekanligini va davlat rahbarlarining işonçli muloqoti tufayli an’anaviy döstona munosabatlar izçillik bilan yuqori bosqiçga kötarilayotganini e’tirof etdi.
Anjumanda iştirok etgan Kun.uz jamoasi mehmon davlat vakillarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.
“Belarus va Özbekiston örtasidagi munosabatlar juda yaxşi, buni MDH doirasidagi uçraşuvlarda ham seziş mumkin. Samarqanddagi ikki kun juda tiğiz böldi. Masalan, natsizm qayta tiklanişiga yöl qöymaslik töğrisida qonunni körib çiqdik.
Bugun barça parlamentlarning quyi va yuqori palatalari spikerlari nutq sözlaşdi. Saylov jarayonlariga taşqi aralaşuvga yöl qöyib bölmasligini muhokama qildik. Samarqand yaqinda ŞHT sammitini, bugun Parlamentlararo Assambleya sessiyasini muvaffaqiyatli ötkazdi. Bu Özbekistonning xalqaro maydondagi mavqeyiga ijobiy ta’sir qiladi”, - dedi Belarus milliy majlisi xavfsizlik va xalqaro aloqalar böyiça kengaşining doimiy komissiyasi raisi Sergey Roçkov.

Rossiyalik senator Vladimir Politayev ham öz xulosalarini ma’lum qildi. Senatorga köra, anjumanda migratsiya, turizm va ta’lim masalasi ham muhokama qilingan. U özbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirişini osonlaştiradigan qonun ham qabul qilinganini aytib ötdi. Yalpi majlisda şuningdek, 40 ta qonun loyihasi qabul qilingan.
Sessiyasida madaniyat, turizm va sport sohasidagi yangi qonun loyihalari muhokama qilindi. Hamdöstlik mamlakatlari parlamentlari vakillariga MDH davlatlari uçun namunaviy Intellektual mulk kodeksining yangi tahriri loyihasi taqdim etildi. Parlamentariylar, şuningdek, madaniyat, turizm va sport sohalarida raqamli rivojlaniş jabhasida qonun ijodkorligi yönalişini ham muhokama qildilar.













