Bunday qaror Ukraina qurolli kuçlarining Sevastopoldagi kemalarga dronlar yordamida hujum uyuştirganidan keyin qabul qilindi.
Mudofaa vazirligi talqiniga köra, hujum qilingan kemalar «ğalla yölagi» xavfsizligini ta’minlaşda ham iştirok etgan.
«Qora dengiz floti kemalariga va fuqarolik kemalariga qarşi amalga oşirilgan terrorçilik harakatini hisobga olib, Rossiya tomoni Ukraina portlaridan qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça kelişuvlarni amalga oşirişda iştirok etişni töxtatadi», deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Mudofaa vazirligi xabarida Rossiyaning kelişuvdagi iştirokini tiklaş şartlari e’lon qilinmagan.
Ukraina hududiga bostirib kirgandan söng, Rossiya Qora dengizdagi Ukraina portlarini tösib qöydi, ular orqali mamlakat eksportining muhim qismi amalga oşirilar edi.
«Ğalla böyiça bitim» 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT tomonidan imzolangan edi. Şartnoma Ukrainaning doni, oziq-ovqat mahsulotlari va öğitlarini Qora dengiz orqali uçta portdan, jumladan Odessadan ham eksport qilişni nazarda tutadi.












