Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar 13 yildan söng öz hududida içki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotiş va röyxatdan ötkazişni taqiqlaş haqida kelişib oldi.

Bu qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan. Şu bilan birga, bir qator yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari, xususan, Volkswagen, Jaguar, Ford, Bentley Motors, Peugeot, Citroen va Fiat bu vaqtga borib, ehtimol undan ham oldinroq Yevropa bozorlariga faqat elektromobillarni taqdim etişni e’lon qilişdi.

Biroq, bu yetakçi konsernlar boşqa mintaqalar uçun an’anaviy avtomobillar işlab çiqarişdan voz keçişini anglatmaydi.

2035 yildan boşlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotişni töliq taqiqlaşdan taşqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari CO2 çiqindilari böyiça yanada qattiq standartlarini joriy etişga kelişib oldilar. 2030 yilga kelib ularni 2021 yil darajasiga nisbatan 37,5 foizga emas, 55 foizga kamaytirişga qaror qilindi.