«Buxoro» sport majmuasiga muxlislar oqimi 3-4 soat avval boşlanib, final boşlangunga qadar 22 mingdan ortiq tomoşabinga möljallangan arenada 18 mingga yaqin tomoşabin töplandi.
Uçraşuv ikki tomonning ehtiyotkor harakatlari bilan boşlangan bölsa-da, Röziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoa dastlabki daqiqalardan öyindagi ustunlikni öz qöliga olişga intildi. 29-daqiqaga kelib stadion larzaga keldi. Marko Stanoyeviçning uzatmasini Akmal Mozgovoy darvozaga yöllab, hisobni oçdi – 1:0.
Ikkinçi bölimning 57-daqiqasida esa Zoran Maruşiçning ajoyib uzatmasini Doniyor Abdumannopov qarşiliklar darvozasiga yöllab, hisobdagi muvozanatni tikladi – 1:1.
Ikkinçi bölimning sönggi daqiqalarida vohaliklar hujumkorlikni oşirgan bölişsa-da, vodiy klubi himoyada bexato öynab, bahsning 120 daqiqa davom etişini ta’minladi.
Ekstra-taymlarning birinçisida esa qarşiliklar forvardi Lima Kruz 100-daqiqada stadionni larzaga keltirib, jamoasini yana hisobda oldinga olib çiqdi – 2:1.
Şu tariqa, uşbu gol «Nasaf»ga Özbekiston kubogida ğoliblikni keltirdi. Röziqul Berdiyev jamoasi ötgan yil Samarqanddagi kubok finalidan keyin Buxoroda ketma-ket ikkinçi kubok egasiga aylandi.
30 oktabr (yakşanba)
Özbekiston kubogi. Final
«Navbahor» – «Nasaf» 1:2
Gollar:Doniyor Abdumannopov 57 - Akmal Mozgovoy 29, Lima Kruz 100.












