Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan şaharlarida Toşkentda barpo etilgan Inno innovatsion texnoparki şaklidagi zamonaviy infratuzilmaga ega texnoparklarni quriş nazarda tutilgan.
Quyidagilar taşkil etiladi: Toşkentda – Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş markazi tuzilmasida «Ilğor loyihalar va injiniring markazi»; Surxondaryo viloyatida – respublika darajasidagi masalalarni hal qiliş vakolatiga ega «Investorlarga kömak markazi».
Hududiy texnoparklar direksiyalari va ularning rezidentlariga Inno innovatsion texnoparkiga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Innovatsion texnoparklar asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- iqtidorli yoşlarni, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-öqituvçilar tahliliy fikrlaşi uçun zarur şaroitlar yaratiş;
- yoşlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş, biznes-inkubatorlar va tajriba maydonçalari işini taşkil etiş, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va konsalting xizmatlari körsatiş orqali kömaklaşiş;
- taşabbuskor yoşlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantiriş uçun yagona maydon taşkil etiş;
- startap loyihalarni amalga oşirişda ularni qisman moliyalaştiriş asosida qöllab-quvvatlaş va muassislar tarkibiga kiriş.
Hujjat bilan Inno innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparki töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan: texnopark boşqaruv kompaniyasi huquq va majburiyatlari; startap loyihalarni körib çiqiş va tanlab oliş tartibi; startap loyihalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida iştirok etiş tartibi; yuridik şaxslarni texnopark rezidentlari sifatida röyxatdan ötkaziş va röyxatdan çiqariş tartibi.












