Daniyada muddatidan oldin parlament saylovlari boşlandi. 1 noyabr seşanba kuni 4,3 millionga yaqin saylovçi 179 nafar xalq deputatini saylaydi. Saylov uçastkalari soat 20.00 (Toşkent vaqti bilan 24.00)gaça oçiq böladi, saylov natijalarining dastlabki prognozlari ular yopilgandan söng darhol kutilmoqda. Dastlabki natijalar saylovdan keyin tunda e’lon qilinişi rejalaştirilgan.

Bir palatali parlamentdagi örinlar uçun 14 partiyadan nomzodlar kuraş olib boradi. Folketingda örinlarni qölga kiritiş uçun ularni saylovçilarning kamida 2 foizi qöllab-quvvatlaşi kerak.

Daniyada saylovoldi taşviqoti birinçi navbatda içki masalalarga, xususan, yuqori inflatsiya va energiya narxining keskin oşişi atrofidagi vaziyatga qarşi kuraşga qaratilgan edi. Ovoz beriş natijasi juda noaniq deb hisoblanyapti.

Sotsial-demokrat Mette Frederiksen 2019 yil iyun oyida bölib ötgan saylovlardan söng faqat öz partiyasidan taşkil topgan ozçilik hukumatini boşqargan, unda uning partiyasi eng köp ovoz töplagandi. Ba’zi muammolarni, xususan, qat’iy migratsiya siyosatini hal qilişda u, boşqa narsalar qatori, öng qanot konservativ blokining ovozlariga tayandi.

Bu saylovda 44 yoşli Frederiksen an’anaviy siyosiy bloklardan ustun bölgan hukumatni maqsad qilgan. Ukrainadagi uruş, energetika inqirozi va boşqa global muammolarni hisobga olgan holda, u keng siyosiy doiradagi partiyalar bilan hamkorlik qiliş zarur deb hisoblaydi. Olti partiyadan iborat va liberal-konservativ Venstre partiyasi yetakçisi Yakob Ellemann-Yensen boşçiligidagi öng markazçilar bloki bunday ittifoqda iştirok etişdan boş tortmoqda.