Özbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 21,2 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, oyoq kiyimlar eksporti hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 618,3 ming juftga kamaygan.
2022 yilning 9 oyida Özbekiston eng köp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar orasida Qirğiziston birinçi örinni egallab turibdi – 9,2 mln juft.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Tojikiston – 5,3 mln juft;
- Qozoğiston – 5,3 mln juft;
- Afğoniston – 596 ming juft;
- Rossiya – 418 ming juft.
2022 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng köp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 14,1 mln;
- Farğona viloyati – 7,1 mln;
- Samarqand viloyati – 6 mln;
- Toşkent viloyati – 1,1 mln AQŞ dollari.












