“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev taşabbusi bilan sohada korrupsiya va talon-torojliklarning oldini oliş maqsadida, Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti taşkil etilib, “komplayens” tizimi yaratildi hamda uşbu davr mobaynida komplayens sohasida raqamlaştiriş böyiça katta işlar amalga oşirildi.

"Özbekneftgaz" AJda ham tovar va iş-xizmatlar xaridini amalga oşiriş jarayonida xarid qonunçiligiga amal qiliş, unda belgilangan talablar va xaridlar şaffofligini ta’minlaş, şuningdek korrupsiya xavf-xatarlarining oldini olişga alohida e’tibor berilib kelinmoqda.

“Özbekneftgaz” AJ ijro apparati faoliyat samaradorligini baholaş körsatkiçlarini (KPI) işlab çiqiş va joriy etiş” töğrisidagi Jamiyat boşqaruv qarori hamda 2020 yil 18 dekabrda Jamiyat Boşqaruv raisi tomonidan berilgan topşiriqlari asosida avtomatlaştirilgan “komplayens nazorat” dasturi yaratildi.

Aytiş joizki, uşbu dastur har bir xodimning kunlik qilayotgan işi va kelgusidagi rejalarini nazoratda uşlaş, tahlil qiliş va natijada xodimning körsatgan körsatkiçiga qarab munosib rağbatlantirişga xizmat qiladi.

Komplayens sohasida raqamlaştirişning ahamiyati şundaki, raqamlaştiriş orqali korrupsion xavf xatari yuqori bölgan böğinlarda inson omilini kamaytirişga va nazorat jarayonini kuçaytirişga erişiladi.

Jamiyatdagi mavjud “1S şartnoma” va “Personal.ung.uz” dasturlari hamda Özbekiston Respublikasi davlat Statistika qömitasi va Özbekiston Respublikasi davlat soliq qömitasining ma’lumotlar bazasi bilan “komplayens nazorat” dasturini integratsiya qilinib, manfaatlar töqnaşuvi moduli yaratildi. Ma’lumot örnida ta’kidlaş joizki, Soliq qömitasining ma’lumotlar bazasi orqali STIR raqamlar va korxonalar töğrisidagi hamda Statistika qömitasining ma’lumotlar bazasi orqali korxona va taşkilotning benifitsiari, ta’sisçisi töğrisidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Uşbu modul orqali hozirda “Özbekneftgaz” AJ bilan xarid jarayonlariga kirişayotgan kontragentlarning affillanganlik holatlarini aniqlaş avtomatlaştirildi. Bunda xarid jarayonida iştirok etayotgan kontragentni, ya’ni firma rahbari va ta’sisçisi ismi şariflarini, Jamiyatning “Personal.ung.uz” dasturiga joylangan barça tizimdagi xodimlar va ularning yaqin qarindoşlari ism-şariflari bilan boğliq holatlarni avtomat aniqlab beriş imkoniyati vujudga keldi.

Misol tariqasida keltiriş mumkinki, xodimning yaqin qarindoşi biror firma direktori yoki hatto ta’sisçisi bölgan holda, “Özbekneftgaz” AJ bilan xarid jarayonlarini amalga oşirmoqçi bölayotgan vaqtda dastur “Personal.ung.uz” tizimidagi bir neça ön ming ismlar orasidan Jamiyat xodimining ukasi ekanini aniqlab beradi.