Özi oila va karerani nega bir-biridan ajratişimiz kerak? Oila quriş — bu yurib kelayotgan yölagingdan butunlay boşqa boşi berk köçaga tuşib qoliş, degani emas, vazifalarning köpayişi, xolos. Hayot esa davom etaveradi. Işni va oilani birgalikda davom ettiriş, mansab pillapoyalaridan erkaklar singari odimlab boriş mumkin.

Kasbiy faoliyat yuritişi uçun 3 ta diplomi bor, ikkita oliygohni tamomlagan qizlar ham talaygina. Lekin suhbat jarayonida asosiy e’tibor ularning iş tajribasi yoki qanday yumuşni bajara olişiga emas, balki ayol kişi ekanligi va şaxsiy hayotining işga ta’sir etmasligiga qaratiladi.

«Turmuşga çiqiş yoşida ekansiz, oila qurganingizdan söng, turmuş örtoğingiz işlaşingizni istamasa nima böladi?», «Endigina oila qurgan ekansiz, tez orada dekretga çiqib ketmaysizmi?», «Bolangiz yoş ekan, u bilan işlaşga qiynalmaysizmi?»... Har bir oliy ma’lumotli özbek qizining işga kiriş uçun intervyu topşiriş jarayonida eşitişi tabiiy bölgan savollar, şunday emasmi?

Nazariy bilim hamişa amaliyot bilan mustahkamlanib borişi sir emas. Iş beruvçining talablariga mos böliş uçun kiçik yoşdagi bolasini katta qilib, yana bir neça farzandli bölganda u kasbiy könikmalarini allaqaçon unutib yuborgan bölmaydimi?

«Yaqinda magistraturani tamomladim. Dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qilganim uçun meni oliygohda olib qolişlarini aytişdi. Juda xursand böldim. Qaynona-qaynotam va ota-onam ham bu xuşxabardan quvonişdi. Lekin işga oliş vaqti kelganda kafedra mudiri bir yil avval beş nafar magistrni işga olgani, ularning barçasi orqama-keyin tuğuruq ta’tiliga çiqib ketganlarida qiyin ahvolga tuşib qolgani uçun meni ololmasligini aytdi. Bolam hali yoş, unday niyatim yöq ekanligini aytsam ham unamadi. Özim uydagilarimning oldida juda uyaldim», deydi şaxsi sir qolişini istagan suhbatdoşimiz.

Kamola Aliyeva, yuridik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), TDYuU dotsenti v.b., gender masalalari böyiça mutaxassis:

«Bugungi kunda işxonalarda ayollarni işga oliş masalasida diskriminatsiyaga duç kelamiz. Mana şunday ayollarning işga olinişidagi stereotiplar böyiça tadqiqotim doirasida 300 dan ziyod respondentlar örtasida sörovnoma ötkazgandim. Öşanda köproq ayollar qatnaşgandi. Çunki işga qabul qilişda va mehnat faoliyati davomida gender stereotiplari va kamsitiş holatlariga aksariyat ayollar duç keladi. Ammo bu haqda oçiq gapiriş jamiyatimizga töğri kelmaydi, degan yozilmagan «qonun» mavjud.

Köpinça, ayollar bunday hollarda indamay içiga yutişni afzal körişadi. Sababi — ayol kişi yoşligidan qiyinçiliklarga «bardoşli» böliş va e’tiroz bildirmaslik ruhida tarbiyalanadi, buning oqibatida esa şu kabi holatlar takrorlanaveradi. Ma’lum bölişiça, iş beruvçi ayollarni işga olayotganda turmuş qurişi, farzand körişi, yoş kelin ekani va tuğuruq ta’tiliga çiqib ketişi bilan boğliq savollarni bergan va agar iş beruvçiga ayolning javoblari töğri kelmasa işga qabul qilmagan.