29 oktyabr kuni Rossiya Ukraina ğallasini taşiş böyiça Istanbulda erişilgan kelişuvdan çiqqanini e’lon qilgandi. Bunga Qora dengiz flotining Sevastopolda turgan kemalariga dronlar hujumi uyuştirilgani sabab qilib keltirilgandi. Rossiya tomoni Ukraina annexia qilingan Qrim hududidagi kemalariga hujum qilişda kemalar ğalla taşişi uçun taşkil etilgan xavfsiz yölakdan foydalanganini iddao qilgandi.

Ukraina bu hujum uçun mas’uliyatni zimmasiga olmagan. Prezident Volodimir Zelenskiy Moskva iyul oyida Turkiya va BMT iştirokida tuzilgan «ğalla kelişuvi»dan çiqiş uçun boşqa bahonalardan ham foydalanişi mumkinligini aytgandi.

Qora dengizda «ğalla yölagi» böylab kemalar harakati Rossiyaning yönalişni muvofiqlaştiriş markazidagi vakili iştirokisiz ham davom etdi. Ammo bir kun oldin tomonlarning heç biri - BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina - 2 noyabr kuni uçun gumanitar karvon böyiça kelişib olmagani ma’lum böldi.

Seşanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari hamda mudofaa vazirlari özaro telefon muloqotlari ötkazişdi. Kreml öz bayonotida Moskva kelişuvga qaytişi uçun Kiyev tomonidan gumanitar yölakdan harbiy maqsadlarda foydalanmaslik böyiça «haqiqiy kafolatlar» talab qilişi aytilgan.

Endi esa Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina «ğalla yölagi»dan Rossiyaga qarşi harbiy harakatlar olib borişda foydalanmaslik böyiça yozma kafolat olinganini bildirmoqda. Bayonotga köra, bu kafolat BMT va Turkiyaning sa’y-harakatlaridan keyin berilgan.

«Rossiya Federatsiyasi hozirgi vaqtda olingan kafolatlar yetarli deb hisoblaydi hamda kelişuvlarni - Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz taşiş böyiça taşabbusni («Qora dengiz taşabbusi») amalga oşirişni davom ettirmoqda», deyilgan Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Ikki kun muqaddam Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya «ğalla kelişuvi»dan çiqmagani, balki undagi iştirokini vaqtinça töxtatganini aytgandi. Qora dengiz floti kemalariga dronlar hujumi va Ukraina ğallasi eksporti örtasidagi boğliqlikni u şunday izohlagandi: «Bu dronlar, suvosti dronlari va havodagilari qisman Ukrainadan ğalla olib çiqilayotgan yölakdan ötişgan».

Ğarb mamlakatlari va Ukraina «ğalla kelişuvi» töxtatilişidan manfaatdor bölgan Moskva keltirgan dalillarni işonçsiz deb topdi va bu qaror qayta körib çiqilişini talab etdi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş tomonlarni imkon qadar muddati 19 noyabrga qadar tuzilgan kelişuvni uzaytiriş böyiça kelişib olişga çaqirdi.